Jamiyat haqida

O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri paxtachilik hisoblanadi. Qadim zamonlardan odamlar paxtadan turmushi uchun zarur har xil mahsulotlar ishlab chiqarganlar. Paxta chigitidan ishlab chiqarilgan yog‘dan iste’mol uchun, har xil dori-darmonlar tayyorlash va boshqa maqsadlarda foydalanganlar.

O‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta yog‘i O‘zbekiston Respublikasining yog‘ ishlab chiqarish balansida asosiy o‘rinni egallaydi va shuning uchun har doim davlat tomonidan paxta yog‘i ishlab chiqarishga katta ahamiyat beriladi. Turkistonda paxta yog‘ini sanoat usulida ishlab chiqarish XIX asrning 80-chi yillaridan boshlandi.

O‘rta Osiyoda yirik yog‘-moy zavodini qurish uchun joy tanlangan paytda Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtashgani bejiz emas edi. Chunki Kattaqo‘rg‘on shahri Zarafshon vodiysida qishloq xo‘jaligining paxtachilik soxasi rivojlangan markazida joylashgan, shahar atrofidagi tumanlarda muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash uchun qulay sharoit tug‘diruvchi, hom-ashyo bazasi hisoblangan ko‘plab paxta tozalash zavodlari mavjud edi.

Shahardan temir yo‘l o‘tadi, bu esa zavodga boshqa viloyatlardan hom-ashyo olib kelishga va tayyor mahsulotlarni ortib yuborishga katta qulayliklar yaratadi. Keyin va asosiylardan hisoblangan joyi, Kattaqo‘rg‘on shahri paxta chigitidan sanoat asosida yog‘ olish usulining O‘rta Osiyodagi tarixiy markazi hisoblanib, bu yerda yog‘ ishlab chiqarishning tajribali bo‘lgan mutahassislari saqlanib qolgan edi. Bular hammasi dunyo bo‘yicha birinchi marta ekstraksiya usuli bilan yog‘ olish zavodining Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilishiga olib keldi. 1936 yil 6 noyabrda Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi yog‘ zavodi ishga tushirildi. Bu dunyoda birinchi va 1953 yilgacha O‘zbekistonda yagona, paxta yog‘i ilg‘or ekstraksiya yo‘li bilan olingan zavod edi.

Zavodning birinchi navbatdagi loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati 280 tonna paxta chigitini qayta ishlab, 55,2 tonna yog‘ ishlab chiqarishni ko‘zda tutar edi. 1939 yilgacha yog‘ joyida rafinasiya qilinmas edi. Rafinasiya sexi va sovun ishlab chiqarish sexlari 1939 yilning mart oylarida ishga tushiriladi. Zavod rafinasiyalangan paxta yog‘i va 60 foizlik xo‘jalik sovuni ishlab chiqarishni boshladi. 1942 yilning oktyabr oyida forpress sexi ishga tushiriladi. 1951 yilning noyabr oyida VS val’sovka dastgohlari ishga tushirildi, natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi ko‘paydi va sifati yaxshilandi. 1957 yilning oktyabridan boshlab zavod 16 dona to‘xtab-to‘xtab ishlaydigan batareyalik ekstraktorlar o‘rniga uch dona ND-1000 markalik uzluksiz ishlaydigan shnekli ekstraktorlar ishlay boshladi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 690 tonnani, yiliga esa 214 ming tonnani tashkil etdi. 1960 yil fevralida soapstokni distillyasiyalash sexi birinchi ulush soapstok yadrosini kayta ishlash uchun qabul qildi va distillyasiyalangan moy kislotasi ishlab chiqara boshladi. 1960 yildan boshlab yog‘ni shisha idishlarga qadoqlash boshlandi.

Sexlardagi rekonstruksiya ishlari sovun pishirish sexidan boshlandi. 1971 yili birdan uch dona katta ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qaysisi 80 m3 sovun pishirish qozonlari o‘rnatildi.Texnologik quvurlar yiriklariga almashtirildi, nasos xo‘jaligi kuchaytirildi, sovunni yaxlatish va kesish bo‘yicha ikkinchi vakuum-quritish uskunasi ishga tushirildi. 1971 yilning sentyabr-oktyabr oylarida harakatdagi uch dona ND-1000 ekstraktorlarning ikki donasi ancha kuchliroq va zamonaviy ND-1250 ekstraktorlariga almashtirildi. Qiska vaqt ichida 36 seksiya yangi shnek bug‘lantiruvchilari, 6 ta xul va 12 ta kuruk kunjara ushlovchi va 6 ta vertikal kondensatorlar o‘rnatildi. Natijada paxta chigitini qayta ishlash quvvati sutkasiga 690 tonnadan 900 tonnaga ko‘paydi. 1974 yilda forpress sexida qo‘shimcha 4 dona val’sovka dastgohlari o‘rnatildi. Chigitni ishlab chiqarishga uzatishda mahsus avtomatik stabilizator uskunasi o‘rnatildi. 1980 yilda 20 ming tonnalik paxta chigitini saqlash omborxonasi ishga tushirildi. 1984 yilda ekstraksiya sexida shnek bug‘latgichlari 3 dona toster uskunalariga almashtirildi. 1995 yil dekabr oyida olif sexi ishga tushirildi.

2002 yili qadoqlash tarmog‘i rekonstruksiya qilinib, Fransiyaning «STEKA-BOTTLEZ» firmasida tayyorlangan 1 litrli PET idishlarga qadoqlaydigan, zamonaviy avtomatik uskunalar tizimi ishga tushirildi.

2003 yilning fevral oyida kungaboqar donini qayta ishlovchi (po‘stidan tozalovchi) bo‘lim ishga tushirildi.

2006 yilda korxonaning issiqlik manbai sexi uchun alohida o‘rta bosimli gaz quvuri tortib kelindi.

2007 yilda forpress sexida 3 dona press o‘rnatildi.

2009 yilda korxonaning markaziy tajribaxonasida chigitning tarkibidagi yog‘ miqdorini ekspress usulda aniqlab beradigan YaMR analizatori AMV-1006 M rusumli uskuna o‘rnatildi.

2011 yilda korxonaning o‘z mablag‘i hisobidan Hindiston davlatining «MUEZ-HEST» firmasi bilan tuzilgan lizing shartnomasiga asosan 350 ming AQSh dollariga sutkasiga 30 tonna yog‘ni hidsizlantiradigan dezodoratsiya uskunasini sotib olindi va ishga tushirildi.

2012 yilning sentyabr oyida qandolatchilik sexi ishga tushirildi.

— ishga tushgan vaqtdagi haqiqiy quvvati – 280 t/sutka (1936 yil)

— hozirgi vaqtidagi quvvati – 800 t/sutka

1) Dezodoratsiyalangan o‘simlik yog‘i (qadoqlangan PET idishlarda)

Menu